Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Qozogʻiston harbiy delegatsiyasini qabul qildi

    Harbiy 22 Noyabr 2021 2286

    Bugun, 22-noyabrda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Qozogʻiston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

    Uchrashuvda tomonlar mudofaa sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, uni yanada kuchaytirish borasida fikrlar bilan almashdilar.

    Xususan, Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan “Qalqon-2021” hamda Oʻzbekistonda davom etayotgan “Hamkorlik-2021” qoʻshma oʻquvlarining ahamiyati, boʻlinmalarning jangovar tayyorgarlik masalalariga atroflicha toʻxtalib oʻtishdi.

    Muloqot davomida qardosh xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarining joriy holati hamda istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.