O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirish, o‘zining yorqin iste’dodi, ko‘p qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

    «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan

    Qo‘ziyev Toir Asqarovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi, sozanda

    Nadirova Aygul Bazarbayevna - Nukus davlat pedagogika institutining musiqiy ta’lim kafedrasi dots.nti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Nazarxanova Sevara Anvarjanovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

    Umarov Valixan Mirvasilevich - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori

    Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari

    Amonqulova Nigina Haydarovna - Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining «Daryo» ansambli xonandasi

    «O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» faxriy unvoni bilan

    Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich - Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm viloyati

    «O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

    Ziyaxanov Xurshid Djavidovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, grafik rassom

    «O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

    Xolboyev Xamza Davlayevich - Uzun tumani «Yangi yulduz» madaniyat markazi qoshidagi «Rayhon» ashula va raqs xalq ansambli baxshisi, Surxondaryo viloyati

    «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

    Djalalov Xodjikurban - Respublika «Usto» uyushmasining «Golden Ganch Mansurjon» korxonasi ganchkor ustasi, Samarqand viloyati

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan

    Artikova Dilnoza Ilxombayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi

    Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri bosh dirijori

    Saidzoda Ozoda Parpiyevna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

    Lutpullayev Xayrulla - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori

    Mavloniy Mashxura Igamovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti sanoat mikrobiologiyasi laboratoriyasi mudiri, akademik

    Mirzamaxmudov Ismaildjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Farg‘ona viloyati

    Sultanov Begdulla Jumashevich - faxriy pedagog, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

    Ikramov Adxam Ilxamovich - O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri

    Xalqimizning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Imom Buxoriy» ordeni bilan

    Naimov Alisher Abdurashidovich - Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi

    Usmanov Raxmatillo Axmatovich - Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili

    Elov Jobir Rustamovich - Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Abdualimov Aloxon - Davlatobod tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

    Kamilov Azizjon Yakubjanovich - O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

    Saparova Raixan Xalmuratovna - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri faxriy artisti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Tuxliyev Bokijon - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Abduvaxabov Mirzabaxrom - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, kulol, Andijon viloyati

    Aripov Taxir Fatixovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik

    Arslanov Negmat - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Toshkent viloyati

    Ashirbayev Samixan - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri

    Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri

    Boltayev Baxodir - Buxoro viloyati musiqali drama teatri aktyori

    Bomuradov Bobir Hodiyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

    Gulamova Marg‘uba Maxamadrasulovna - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

    Davronov Sherzod Ravshanovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» davlat muassasasi «Farhod» madaniyat saroyi direktorining o‘rinbosari, xonanda, Navoiy viloyati

    Yenin Valeriy Ivanovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom

    Imomov Xabibulla Mannapovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, milliy musiqa cholg‘ulari ustasi, Toshkent shahri

    Karimova Zarifa Gulyamovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy pedagogika kafedrasi dots.nti

    Kurbonov Saparboy Baratovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, egarchi, Jizzax viloyati

    Mambetsheripova Nazira Abdiganiyevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali fan, ta’lim va madaniyat bo‘limi mudiri

    Matrizayev Kurambay - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Xorazm viloyati

    Nazaryan Arsen Ashotovich - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi katta o‘qituvchisi

    Orziyev Odil Xudjamovich - Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli sozandasi

    Raximov Toxir Normatovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

    Rejametov Zuxritdin Tuganbayevich - O‘zbekiston davlat satira teatri aktyori

    Saydaminova Dilaram Axmatovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi faxriy professori, kompozitor

    Saliyev Xabibulo Ismailovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot

    Satbayev Orazbay Jumabayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Tillaboyev Shohid Gapparjonovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi

    Tovstenko Liliya Anatolevna - Buxoro shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

    Tojiyev Rasuljon Jumabayevich - Farg‘ona politexnika institutining texnologik mashina va jihozlar kafedrasi mudiri

    Sharipov Kongratbay Avezimbetovich - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

    Shaxobiddinov Ayub Shopatxiddinovich - «Milliy telekanal» mas’uliyati cheklangan jamiyatining kino va seriallar direksiyasi bo‘lim boshlig‘i, kinorejissyor

    Shodmonov Nafas Namozovich - Qarshi davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Abuzalova Mehriniso Kadirovna - Buxoro davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori

    Alibekova Alina Yaxyayevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi bo‘limi o‘qituvchisi

    Vafayeva Xadicha - faxriy pedagog, Samarqand viloyati

    Kuziyeva Zulfiya Tashtanovna - Sayxunobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Maxkamova Donaxon Toshtemirovna - Furqat tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati

    Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna - «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Toshkent davlat yuridik universiteti professori

    Tashmatov Urazali Gafurovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi kafedrasi professori

    Tojiyev Yuldosh - Bog‘ot tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabining qo‘shnay cholg‘u sinfi o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

    Turdibayeva Ra’noxon Azimjanovna - Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

    Begaliyev Ural Ergashevich - Jizzax shahridagi «Doktor Akmal» xususiy tibbiyot klinikasi urolog-andrologi, Jizzax viloyati

    Djalilov Ulugbek Amanbekovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi anesteziolog-reanimatologi

    Kadirov Shavkat Umidovich - Akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqotlari markazi bolalar bo‘limi neyrojarrohi, Rossiya Federatsiyasi

    Kadirxodjayeva Nodiraxon - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul bo‘limi mudiri

    Sadiyev Zokir Raxmatovich - Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limi mudiri

    «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

    Axmedov Baxodir Madjitovich - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

    Kurbanov Jamshid Abduburxanovich - Toshkent shahridagi Eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi direktori

    Sharifxodjayev Usman Ulfatovich - O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Kulikov Andrey Aleksandrovich - Toshkent shahridagi «ProRun» sport markazi direktori

    Najmidinova Gulbaxor Raximjonovna - Jalaquduq tumanidagi «Paxtakor» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati

    Oxunova Guzal Utkurovna - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hamshirasi

    Turayeva Ulugay Toshtimurovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qorovulbozor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri, Buxoro viloyati

    «Shuhrat» medali bilan

    Abdullayev Akbar Xalilovich - Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori

    Astanakulova Ra’no Xursanovna - Surxondaryo viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi nevrologiya bo‘limi mudiri

    Atajanov Sobirjon Abidjanovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

    Axmedov Ashirali Abduxoliqovich - Toshloq tumanidagi «Xolmatobod» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Farg‘ona viloyati

    Axmedov Mansur Shayunusovich - M.Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli sozandasi

    Babamuradov Baxtiyor Achilovich - Buxoro shahridagi madaniy meros obyektlarini ta’mirlash-tiklash bo‘yicha restavrator-usta, Buxoro viloyati

    Bozorov Xurshed Abdulloyevich - Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori, Samarqand viloyati

    Boyqo‘ziyev Abdunabi - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

    Ganiyev Aliyorbek Avazovich - Toshkent shahridagi «Ixlos doktor MT» klinikasi kardiologiya bo‘limi mudiri

    Ganiyeva Zuxra Abduvaxabovna - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasining liboslar bo‘yicha rassomi

    Jumanova Moxichexra Zokirovna - Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi

    Jurakovskiy Vladislav Emilevich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining sahnani yoritish sexi boshlig‘i

    Zakirov Timur Vladimirovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi

    Isxakov Akzamjan Giyazovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi

    Ishniyazova Xurshida Xudaybergenovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining Xorazm viloyati bo‘limi xonandasi

    Kambarov A’zam Maxamadali o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi

    Karimov Axtamkul Sattorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

    Karimov Xakimdjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos

    Kasimova Uguloy Xamidovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining dutorchilar ansambli sozandasi

    Kurbanov Raxmadjon Abidjonovich - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori

    Mamasharipov Xusanboy Abdunabi o‘g‘li - «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktyori

    Mannopov Azizbek Abduvali o‘g‘li - Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining o‘rinbosari

    Marupov Ilhom Islomovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi

    Melikuziyev Djaxangir Valijanovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi

    Mirminov Rustamjon Abdumutal o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi

    Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li - YUNЕSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bosh kotibining o‘rinbosari

    Niyozov Turab Mamadiyorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

    Normatov Pulat Gaybullayevich - O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori

    Norov Ilxomjon Ashurovich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doston ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, baxshi

    Ochilova Feruza Murtazoyevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Navro‘z» ashula va raqs ansambli xonandasi

    Rajabova Ibodat Abdullayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Buxoro viloyati

    Rahimov Komiljon Rahmatovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

    Sayomov Bobirmirzo Abdumajit o‘g‘li - Madaniy meros agentligining muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

    Tadjiyev To‘lqin Berdiyarovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

    Taxirov Rauf Raxmonovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, koshinkor usta, Samarqand viloyati

    Toshev Azamat Bobokulovich - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

    Tuychiyev Nadirjon Kazimjanovich - «Andijon» futbol klubining muxlislar klubi raisi, Andijon viloyati

    Turdiyev Vaxid Yakubovich - Andijon viloyati yoshlar teatri aktyori

    Tuxtayev Oybek Kamolovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

    Udovenko Olga Yurevna - O‘zbekiston davlat san’at muzeyining O‘zbekiston xalq amaliy san’ati bo‘limi mudiri

    Usmonov Shamsiddin Yulchiboyevich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali teatr san’ati kafedrasi professori, rejissyor, Farg‘ona viloyati

    Fayzullayev Vafokul Barnoyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

    Xamdamova Moxiraxon Yusubbekovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Navbahor» ashula va raqs ansambli balet bo‘yicha murabbiysi

    Xamidova Xilola Djurayevna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

    Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi

    Xodjayev Asadjan Azatbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

    Xujaniyazova Zilola Turayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

    Xuraliyev Jumavay Jurayevich - Asaka tumani madaniyat markazi ommaviy tadbirlar rejissyori, askiyachi, Andijon viloyati

    Xusainov Fayrat Tursunovich - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri drama artisti

    Yuldashev Muslum Islamovich - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro va audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti

    Yulchiyev Ilxom Israilovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

    Yakubova Dilobar Abralbekovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali «Axborot» bosh muharririyati sharhlovchisi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev