Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida

    Hujjatlar 28 Avgust 2020 7418

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi koʻp yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-taʼlim almashuvlar boʻyicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun mukofotlansin:
    “Doʻstlik” ordeni bilan
    Torkunov Anatoliy Vasilyevich - Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori (Rossiya Federatsiyasi)
    Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari rivojiga va koʻpqirrali hamkorlikni kengaytirishga qoʻshgan katta hissasi, Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan muhim tashabbus va amaliy saʼy-harakatlari, Yaponiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokida mamlakatimizdagi ustuvor ijtimoiy, infratuzilma va sarmoyaviy loyihalarni, qoʻshma madaniy-gumanitar dasturlarni roʻyobga chiqarishga koʻrsatayotgan ulkan koʻmagi uchun mukofotlansin:
    “Doʻstlik” ordeni bilan
    Taro Aso - Yaponiya Bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri, Yaponiya parlamentidagi Oʻzbekiston bilan Doʻstlik ligasi raisi (Yaponiya)
    Oʻzbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni roʻyobga chiqarishdagi amaliy koʻmagi, xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro bir-birini anglash va qoʻllab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash, doʻstlik va madaniy hamkorlik aloqalarini kengaytirish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun mukofotlansin:
    “Doʻstlik” ordeni bilan
    Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq - Qohira universitetining arxeologiya fakulteti professori (Misr Arab Respublikasi)
    Mavlanov Shuxrat Qurvantayevich - “Rosagrokompleks” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)
    Mark Edvard Riz - Sharqshunos olim, oʻzbek adabiyoti tarjimoni (AQSH)
    Maxmudova Kamola Abdumalikovna - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta bankiri
    Muhammadzoda Huseyn Siddiq - Navoiyshunos olim va adib (Eron Islom Respublikasi)
    Prakash Kejrival - “Indorama Corporation Pte. Ltd” kompaniyasi direktori (Singapur Respublikasi)
    Elis Uells - “Yexxon Mobil” kompaniyasining xalqaro hamkorlik boʻyicha katta maslahatchisi (AQSH)
    Oʻzbekiston Respublikasida ilgʻor xorijiy tajriba, ilm-fan va texnologiyalar asosida zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha faol saʼy-harakatlari, koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashni tashkil etishda koʻrsatgan amaliy yordami uchun mukofotlansin:
    I darajali “Salomatlik” ordeni bilan
    Lin Syuejun - Toshkent shahridagi “Oʻzbek-Xitoy anʼanaviy tibbiyot markazi” boshqaruvi raisi, “Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co., Ltd” prezidenti (Xitoy Xalq Respublikasi)
    Filiz Erdogʻan Marashlioglu - “Kanimed Saglik Cozumleri LTD” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi (Turkiya Respublikasi)
    Soy Chje Uk - Koreya universitetining profilaktik tibbiyot kafedrasi professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi huzuridagi “COVID-19” koronavirusiga qarshi choralar koʻrish boʻyicha Shtab maslahatchisi (Koreya Respublikasi)
    Oʻzbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish va ularni amalga oshirish, ustuvor iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan doʻstlik va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun mukofotlansin:
    “Kelajak bunyodkori” medali bilan
    Asadullayev Husnulla Shuxratilla oʻgʻli - Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili
    Babajanov Bunyodbek Ulugʻbek oʻgʻli - Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Rossiya Federatsiyasidagi vakili
    “Shuhrat” medali bilan
    Arislanov Saidaxmad Saidaxrorovich - AQSHdagi “ASO Systems” kompaniyasi rahbari
    Bediyev Kamoliddin Asomiddinovich - Berlin shahridagi Xerrman-Shuls nomidagi maktabning nemis tili fani oʻqituvchisi, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasidagi vakili
    Zufarov Sherzod Sabirovich - Fransiyaning “Société Générale” banki xususiy sektorga sarmoya kiritish fondi vitse-prezidenti
    Ibragimov Bunyodbek Abdusharipovich - Oʻzbekiston va Nagoya doʻstlik jamiyati muassisi va direktori
    Ismailov Baxrom Baxtiyorovich - Moskva shahridagi “Saxovat” xayriya fondi direktori (Rossiya Federatsiyasi)
    Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan davlat mukofotlari tantanali vaziyatda topshirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
    Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev