Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

    Hujjatlar 27 Avgust 2020 6376

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yoʻlidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

    “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

    1. Karimova Dilorom Malikovna - mehnat faxriysi, erkin ijodkor

    2. Sobirov Ogʻabek Karimovich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

    “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan

    3. Shaydilov Safar Normurodovich - Qiziriq tumanidagi 17-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

    “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

    4. Annazarov Jasvantbek Bahromovich - Toshkent shahridagi “TIART” masʼuliyati cheklangan jamiyati haykaltaroshlik korxonasi direktori, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi

    “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan

    5. Asadov Mirjamol - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan

    6. Abdikamalov Baxtiyor Abdirazaqovich - Qoraqalpoq davlat universiteti fizika kafedrasi professori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    7. Karimov Bahodir Nurmetovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri

    8. Mahmudova Dildorxon Yoʻldoshxon qizi - Qoʻqon shahridagi 9-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Fargʻona viloyati

    9. Rahmonov Sodiqjon Moʻminovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti, rassom

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

    10. Akilova Kamola Boltaboyevna - Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari – Madaniy meros departamenti boshligʻi

    11. Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich - “Ezgu-film” studiyasi rejissyori, Toshkent shahri

    12. Doʻstmuhamedov Xurshid Nabiyevich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

    13. Qodiriy Xondamir Habibulla oʻgʻli - Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

    14. Haydarov Ravshan Akmalovich - futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyi

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

    15. Ahmedov Odil Alimjonovich - futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

    Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-maʼnaviy barqarorligini taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

    “El-yurt hurmati” ordeni bilan

    16. Abdurashidov Abdulahat - Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali sozandasi

    17. Azimov Usmonqul (Usmon Azim) - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri adabiy boʻlimi mudiri

    18. Ixtiyorov Baxtiyor Ahmedovich - Oʻzbekiston davlat satira teatri faxriysi

    19. Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich - Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori

    20. Saʼdullayev Lutfulla Ubaydullayevich - Oʻzbekiston davlat satira teatri faxriysi

    21. Egamnazarov Alinazar Imomnazarovich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist

    “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

    22. Abdurahmonov Qahhor Fattohovich - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori

    23. Aʼzamov Erkin Normamatovich (Erkin Aʼzam) - “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

    24. Mirzayev Toʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik

    “Mehnat shuhrati” ordeni bilan

    25. Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

    26. Ahmedov Sirojiddin Ubaydullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiya boʻlimi boshligʻi

    27. Bafoyev Mustafo - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi professori

    28. Doniyorov Salim Musurmonovich - “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati bosh muharriri

    29. Islomov Dilmurod Muxutovich - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti cholgʻu ijrochiligi kafedrasi professori

    30. Qosimov Bahodir Oʻrinboyevich - “Milliy” telekanali kino va dublyaj boʻlimi boshligʻi

    31. Qosimov Haydarali Saidaliyevich - Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri bosh rejissyori

    32. Qoʻchqorov Sher Matyoqubovich - Yangiariq tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori, Xorazm viloyati

    33. Mullaboyev Toir Sobirovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi “Bolajon” telekanali muharriri

    34. Muhamedova Mapura Nasriddinovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

    35. Pidayev Shokirjon Rasulevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori

    36. Razzoqova Muyassar Qodirovna - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi mudiri

    37. Rametova Saida Xodjiyevna - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

    38. Rahimboyeva Qutlibeka - “Saodat” jurnali boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

    39. Roʻzimboyev Saparboy - Urganch davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xorazm viloyati

    40. Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich - Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

    41. Saʼdullayev Azimboy - Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

    42. Sapayeva Mirzagul Jumanazarovna - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri vokal artisti

    43. Sultonov Jalil Jalolovich - mehnat faxriysi, yaponshunos

    44. Toshmatov Maʼmurjon Gʻaniyevich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi B.Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari

    45. Teshaboyeva Umida Alimjonovna - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori

    46. Umirov Saydi - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti

    47. Urazimbetov Nizamatdin Tajitdinovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi Nukus filiali teleradiomarkazi oliy toifali teleoperatori

    48. Hasanov Ahadjon Ahmedjonovich - Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori

    49. Yoqubov Gʻulomjon Toshpoʻlatovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

    “Doʻstlik” ordeni bilan

    50. Abdurahmonov Qalandar - G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universtitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

    51. Alijonov Sohibjon Nazirjonovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot-tahlil multimedia markazi” davlat muassasasi direktori

    52. Axetova Alima Shaniyazovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori

    53. Ahmedshayev Ahmadjon Shoyaqubovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Davlat geologiya muzeyi direktori

    54. Axmetzyanov Farit Rashitovich - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyumasi aʼzosi, haykaltarosh

    55. Bahodirxonov Muhamed Kabir - Toshkent davlat texnika universiteti professori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

    56. Borodina Marina Rostislavovna - Toshkent arxitektura qurilish instituti interyer va landshaft dizayni kafedrasi professori

    57. Glubokina Natalya Leonidovna - Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri bosh rassomi

    58. Dadayev Ahmadjon Shokarimovich - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qoʻshiqchilik kafedrasi dotsenti

    59. Jumayev Boʻriqul Oʻroqovich - Boysun tumani “Dashtigʻoz” madaniyat markazi qoshidagi havaskorlik jamoasi rahbari, Surxondaryo viloyati

    60. Ibragimov Baxtiyor Toʻlaganovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

    61. Ilin Nikolay Dmitriyevich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi, shoir

    62. Islomov Xolmurod Muxutovich - Respublika “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi doirachilar toʻgaragi oʻqituvchisi

    63. Islomov Elmurod Muxutovich - Respublika “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi doirachilar toʻgaragi rahbari

    64. Kamolov Badriddin Sadriddinovich - Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari “Nuroniylar” sanatoriysi direktori

    65. Kashtanova Lyubov Iosifovna - Yunusobod tumanidagi 97-umumiy oʻrta taʼlim maktabi matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    66. Qayumov Kozim Obidovich - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy teatr-studiyasi oliy toifali sahna ustasi

    67. Qodirov Bayan - Urgut tumani madaniyat boʻlimi qoshidagi maqom toʻgaragi rahbari, Samarqand viloyati

    68. Qosimov Jahongir Mirsobitovich - “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi rejissyori

    69. Murodov Mahmudjon Moʻminovich - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori

    70. Musin Roman Salixovich - Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri sahna mashinisti

    71. Nadirova Yelena Faritovna - Toshkent davlat xoreografiya akademiyasi xoreografiya kolleji maxsus fan oʻqituvchisi

    72. Nadirova Aygul Bazarbayevna - Nukus davlat pedagogika instituti musiqiy taʼlim kafedrasi katta oʻqituvchisi

    73. Nosirov Elyor Rasulevich - Oʻzbekiston davlat drama teatri aktyori

    74. Razzoqova Kumush Qodirovna - mehnat faxriysi, estrada xonandasi

    75. Risqiyev Rifat Asadovich - faxriy sportchi

    76. Sobirov Ravshan Zoirovich - Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

    77. Safarov Orol Abdumannonovich - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti milliy qoʻshiqchilik kafedrasi dotsenti

    78. Sobirov Kimsanboy Nabiyevich - Margʻilon shahar musiqali maqom teatri oliy toifali drama artisti, Fargʻona viloyati

    79. Toʻxtayev Toʻxtamish Davlatovich - “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati boʻlim muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

    80. Xoliqulova Goʻzal Erkinovna - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

    81. Hasanov Hamidulla - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi oʻqituvchisi

    82. Hasanova Sayyora Salayevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi “Voha” tezkor axborot guruhi katta muharriri

    83. Hamdamov Bobomurod - mehnat faxriysi, xonanda

    84. Hamroqulov Nuriddin - mehnat faxriysi, xonanda

    85. Chilin Vladimir Ivanovich - Oʻzbekiston Milliy universiteti algebra va funksional analiz kafedrasi professori

    86. Sharipova Raʼno Boyzayevna - mehnat faxriysi, xonanda

    87. Ergasheva Yulduz Alimovna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri

    88. Ermatov Husan Tohirovich - “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri

    89. Yugay Lev Pavlovich - Milliy tadqiqot texnologiya universitetining Olmaliq filiali matematika va umumiy kasbiy fanlar kafedrasi mudiri

    90. Yuldoshev Mahammadjon Usubjonovich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi oʻzbek milliy mumtoz ashula ansambli xonandasi

    “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

    91. Gaziyev Bahromjon Valiyevich - Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi

    92. Ilyosov Vasil Gʻaybullayevich - “Jizzax haqiqati” – “Djizakskaya pravda” gazetalari tahririyati boʻlim muharriri

    93. Matkarimov Salimjon Ibodullayevich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agenligi Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi respublika teleradioeshittirishlari monitoringi boʻlimi boshligʻi

    94. Mirzayev Abdurazzoq Umrzoqovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi raisi

    95. Mirzayev Manuchehr Boborahimovich - Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari

    96. Rahimjonov Iftixor Toʻxtamurodovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi rejissyori

    97. Toʻxtashev Jamoliddin Qurbonovich - “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharririning birinchi oʻrinbosari

    98. Usmonova Nazokat Shavkatovna - Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi siyosat va yangiliklar tahririyati boʻlim mudiri

    99. Xolliyeva Dilbar Karimboyevna - “SHARQ” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi muqovalovchisi

    100. Shukurov Saidahmad Xoldorovich - “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari tahririyati bosh muharriri

    “Sogʻlom turmush” medali bilan

    101. Arslonov Najib Gadiyevich - Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi boks boʻlimi murabbiyi

    102. Babaliyeva Gulchehra Roʻziboyevna - Uzun tumanidagi 5-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Surxondaryo viloyati

    103. Boynazarova Zuhra Muqumjonovna - Sayxunobod tumanidagi 9-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati

    104. Boydadayev Abdujabbor Abdusattorovich - Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori oʻrinbosari, Namangan viloyati

    105. Gʻoziyev Abdulla Ubaydullayevich - “Shifokor va hayot” gazetasi tahririyati muharriri, Namangan viloyati

    106. Jaksimuratov Muxammed Rametullayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi sportning yakkakurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi katta yoʻriqchi-uslubchisi

    107. Jumaniyozova Gulnora Erkinovna - Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Navoiy viloyati

    108. Isakova Zuxra Konisbayevna - Qoraqalpogʻiston bolalar va oʻsmirlarining “Jetkinshek” gazetasi boʻlim mudiri

    109. Keunimjayeva Toʻxtagul Kudaynazarovna - Qoraoʻzak tumanidagi 2-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi metodisti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    110. Li Lyudmila Rudolfovna - Gimnastika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport gimnastikasi boʻyicha murabbiy-oʻqituvchisi

    111. Mamayusupova Gulnora Umarjanovna - Uchtepa tumanidagi 228-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    112. Mambetullayeva Svetlana Mirzamuratovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari

    113. Nurmatova Shohistaxon Muhammadjonovna - Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Andijon viloyati

    114. Paxomov Vladimir Yuryevich - Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi akademik eshkak eshish boʻyicha katta murabbiy-oʻqituvchisi

    115. Soibova Iroda Baxtiyorovna - Yashnobod tumanidagi 307-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    116. Tuganova Barno Asrorovna - Payariq tumanidagi “Manzurabonu” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, Samarqand viloyati

    117. Xoʻjayeva Dildorxon Nurmatxonovna - Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi xalq raqsi boʻlimi mudiri

    118. Shodimetova Farogʻat Boʻronovna - Toshkent shahri “Yangiobod” va “Kamolon darvoza” mahalla fuqarolar yigʻinlari qoshidagi “Eʼzozli sportchi ayollar” guruhi rahbari

    119. Shamshiddinov Isroiljon Turgʻunovich - Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi professori

    120. Yuldasheva Feruza Elamasovna - Ohangaron shahridagi 7-imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabi logopediya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    121. Yakubova Marina Vladimirovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “Bolalar sporti, ommaviy sport va xalq oʻyinlari” bosh muharririyati boʻlim mudiri

    “Shuhrat” medali bilan

    122. Avazova Maʼmura Erkinovna - Toshkent shahar markaziy madaniyat uyi qoshidagi “Nodirabegim” folklor-etnografik ansambli rahbari

    123. Akimov Yedilbay Kurbanbayevich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi qoshidagi “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi

    124. Appazova Lenara Imranovna - Chirchiq shahridagi 15-bolalar musiqa va sanʼat maktabi xor va estrada xonandaligi sinfi oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    125. Aripova Umida Jangirovna - Sergeli tumanidagi 329-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

    126. Artiqov Baxtiyor Abdimurotovich - Shoʻrchi tumanidagi 7-bolalar musiqa va sanʼat maktabi baxshichilik sinfi oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    127. Asrorov Oʻtkir Qudratovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti haykaltaroshlik kafedrasi oʻqituvchisi

    128. Bobojonov Ulugʻbek Salayevich - “Xorazm” maqom ansambli xonandasi, Xorazm viloyati

    129. Bozorov Ziyodullo Nazarovich - Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh dirijyori

    130. Valixoʻjayev Ibragim Mutalliyevich - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rassom

    131. Genjebekova Nasiba Sharibayevna - Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri aktyori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    132. Davlatov Olim Davlatovich - “Tamaddun” nashriyoti direktori, adabiyotshunos, Toshkent shahri

    133. Davlatova Norbibi Shokirovna - Nurota tumani madaniyat boʻlimi qoshidagi “Nurjahon” folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Navoiy viloyati

    134. Jalolov Nabi Sotqinovich - Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi yetakchi muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

    135. Zavadinov Narzulla Hamroqulovich - Gʻallaorol tumanidagi 15-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    136. Ibragimov Sagimbay - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    137. Isoqov Saidakmalxon Boʻstonbek oʻgʻli - Fargʻona viloyati “Ruxsor TV” telekanali teleoperatori

    138. Islomova Lobar Ikromovna - “Anhor.uz” veb-sayti bosh muharriri

    139. Kalbayev Maxsat Galiyevich - Tomdi tumanidagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi toʻgarak rahbari, jirov, Navoiy viloyati

    140. Qodirova Dilfuza Ismoilovna - Namangan viloyati musiqali drama teatri vokal artisti

    141. Qurbonov Gʻolibnazar Isomiddinovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar boʻlimining birinchi toifali muharriri

    142. Mavlonov Anvar Gʻaybullayevich - Buxoro viloyati musiqali drama teatri oliy toifali aktyori

    143. Mamadaliyev Mamasodiq Rasulovich - Fargʻona shahridagi 3-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻzbek milliy musiqa asboblari ustasi, Fargʻona viloyati

    144. Matanov Ikrom Yoʻldoshevich - Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali artist-sozandasi

    145. Matchonov Ochilbek Yoʻldoshboyevich - Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi anʼanaviy vokal boʻlimi oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

    146. Moʻminov Davlatmurod Abduxalimovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanali bosh muharriri

    147. Moʻminov Tolib Teshayevich - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

    148. Murodova Nozima Faxriddinovna - Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

    149. Neʼmatov Komiljon Ibrohimovich - Uychi tumani madaniyat markazi qoshidagi “Tarona” ashula va raqs ansambli musiqa rahbari, Namangan viloyati

    150. Nemadaliyev Anvarjon Ahmadaliyevich - Rishton tumani madaniyat markazi qoshidagi “Yosh askiyachilar” maktabi rahbari, Fargʻona viloyati

    151. Olimova Yulduzxon Toʻlaxoʻjayevna - “Ozod yurt toʻlqinlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Mening yurtim” telekanali muxbiri

    152. Oщyepkova YuliyaIgorevna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

    153. Sagatova Shahnoza Mirzarahimovna - ijtimoiy tarmoqlardagi “Bloger Shahnoza” sahifasi bosh muharriri (bloger)

    154. Sulaymonov Maʼsudjon Moʻminovich - Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Fargʻona viloyati boʻyicha sharhlovchisi

    155. Toʻxtayeva Zebo Ismatullayevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanali birinchi toifali muharriri

    156. Umarova Anzirat Ochilovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatri vokal artisti

    157. Oʻrinov Farhod Hamidovich - Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifali drama artisti

    158. Fozilova Dilbarxon Shomurodovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti boʻlim mudiri

    159. Hojiqulov Ravshan Gʻulomjonovich - Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunaviy maqom ansambli badiiy rahbari

    160. Haydarova Lobar Turdiyevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyati bosh muharriri – radio guruhi rahbari

    161. Xudoyberdiyev Abror Hakimovich - Oʻzbekiston Milliy universtitetining algebra va funksional analiz kafedrasi professori

    162. Husanova Gulnoza Tursunmurodovna - “UzReport TV” telekanali bosh muharriri

    163. Sharipov Dilshod Shohidjonovich - “Simple Networking Solutions” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Daryo.uz” internet-nashri muharriri

    164. Sheraliyev Gʻayrat Rahmatullayevich - “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati bosh muharriri, Toshkent viloyati

    165. Yusupboyev Yoʻldosh Bozorboyevich - “Teleradiokompaniya Zoʻr” masʼuliyati cheklangan jamiyati dizayneri, Toshkent shahri

    166. Yaqubova Odinaxon Ergashevna - Furqat tumani madaniyat markazi qoshidagi “Shodiyona” folklor-etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari, Fargʻona viloyati

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

    Toshkent shahri,
    27-avgust