Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat raisi Tanzila Norboyeva Pop tumaniga tashrif buyurdi

    Voqea-hodisalar 5 May 2021 1268

    Tashrif chogʻida Senat raisi dastlab tumanning Chodak hududida yillar mobaynida samarasiz yotgan yerlarda intensiv bogʻ yaratishga innovatsion asosda yondashilgan, umumiy qiymati 4 mlrd. soʻm miqdordagi,“Yangi Chodak Serhosil Bogʻlari” kooperativi bilan tanishdi.

    Mazkur hududda 450 gektar yer oʻzlashtiriladi, hozirda 100 gektar yerga 51 ming dona 4 xil navdagi (qilich, shaloq lopriya) poli karlik oʻrik koʻchatlari olib kelib ekilgan. Shuningdek, 15 ming m3 sigʻimdagi membrana hovuzlari, 100 gektar yer maydoniga esa suvni tejaydigan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilib, bogʻga aylantirilgan .

    Xabarangiz bor massivda ushbu yerlar oʻzlashtirilib, yoshlar daftari roʻyhatida boʻlgan 100 nafar yoshning har biriga 1 gektardan serhosil koʻchatlar ekilgan holatida topshirilgan edi. Senat raisi yoshlar bilan boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida ular tomonidan berilgan har-bir takliflarni qoʻllab quvvatlab boshlagan ishlarida omadlar tiladi.

    Pop tumani hokimligi