Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq, Halilillo Sobirjonovich Turaxujayevni lavozimda boʻlishning muddatsiz davriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining oʻrinbosari – fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan Lukmon Muxtarovich Kadirov, Talʼatjon Baxtiyorovich Meliboyev, Abdurasul Gʻapporovich Eranovni boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati