Tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi koʻzda tutilgan. Unda 2023-yil 5-7-oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Taʼkidlash joizki, Rossiya Federatsiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21-fevral – 3-mart kunlari boʻlib oʻtadigan “Kelajak Oʻyinlari” sportning anʼanaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan musobaqadir.
Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan Oʻzbekiston sportchilari ishtirok etadi.