Tashrif dasturida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etadilar.