O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Hindiston – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etadi

    Hukumat 26 Yanvar 2022 3748

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni videoanjuman shaklida o‘tadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi.

    Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan oliy darajadagi uchrashuv kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish, mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish hamda mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

    Savdo, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyot, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar, transport va logistika, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

    Sammit yakunida do‘stlik munosabatlarini va ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan Dehli deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.