O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

    Hukumat 26 Noyabr 2021 3717

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi.

    Mamlakatimiz va ushbu nufuzli xalqaro tuzilma o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    O‘zbekiston Jahon bojxona tashkilotiga 1992-yildan a’zo. Keyingi yillarda mazkur tashkilot bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

    2019-yilda hamkorlikning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Yurtimiz Kioto va Istanbul konvensiyalariga qo‘shildi hamda Savdoga ko‘maklashish global dasturida ishtirok etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Uning doirasida 12 ta tadbir o‘tkazilgan.

    Tashkilot ko‘magi bilan 2020-yil yanvar oyida “Yagona darcha” avtomatlashtirilgan tizimi, Bojxona nazoratini muvofiqlashtirish bo‘yicha situatsion markaz ishga tushirildi. Yaqinda mamlakatimiz Bojxona laboratoriyasi Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy laboratoriyasi maqomini oldi.

    O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti ushbu xalqaro tuzilmaning Tadqiqotlar dasturida akkreditatsiyadan o‘tdi.

    Bojxona xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashilmoqda. Keyingi bir necha yilda yurtimizning 200 nafardan ziyod bojxonachisi tashkilotning qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etdi.

    Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik rivojlanib bormoqda. Kecha Toshkent shahrida o‘tgan mintaqa mamlakatlari bojxona xizmatlari vakillarining uchrashuvi ham samarali bo‘ldi.

    Bosh kotib Kunio Mikuriya bilan uchrashuvda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, intellektual tizimlardan foydalangan holda bojxona postlarini modernizatsiya qilish, korrupsiya, kontrabanda va bojxona sohasidagi qoidabuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma tadbir va loyihalarni amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.

    Mamlakatimiz tez fursatda Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq masalalarda yaqindan hamkorlik qilish zarur ekani ta’kidlandi.

    O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha yangi “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

    Мамлакатимиз ва ушбу нуфузли халқаро тузилма ўртасидаги ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада кенгайтириш масалалари кўриб чиқилди.

    Ўзбекистон Жаҳон божхона ташкилотига 1992 йилдан аъзо. Кейинги йилларда мазкур ташкилот билан ҳамкорлик сезиларли даражада фаоллашди.

    2019 йилда ҳамкорликнинг “йўл харитаси” қабул қилинди. Юртимиз Киото ва Истанбул конвенцияларига қўшилди ҳамда Савдога кўмаклашиш глобал дастурида иштирок этиш тўғрисидаги битимни имзолади. Унинг доирасида 12 та тадбир ўтказилган.

    Ташкилот кўмаги билан 2020 йил январь ойида “Ягона дарча” автоматлаштирилган тизими, Божхона назоратини мувофиқлаштириш бўйича ситуацион марказ ишга туширилди. Яқинда мамлакатимиз Божхона лабораторияси Жаҳон божхона ташкилотининг Минтақавий лабораторияси мақомини олди.

    Ўзбекистон Давлат божхона қўмитасининг Олий ҳарбий божхона институти ушбу халқаро тузилманинг Тадқиқотлар дастурида аккредитациядан ўтди.

    Божхона ходимларининг малакасини оширишга кўмаклашилмоқда. Кейинги бир неча йилда юртимизнинг 200 нафардан зиёд божхоначиси ташкилотнинг қисқа муддатли ўқув курсларида иштирок этди.

    Бундан ташқари, минтақавий ҳамкорлик ривожланиб бормоқда. Кеча Тошкент шаҳрида ўтган минтақа мамлакатлари божхона хизматлари вакилларининг учрашуви ҳам самарали бўлди.

    Бош котиб Кунио Микурия билан учрашувда Ўзбекистон Давлат божхона қўмитаси фаолиятини такомиллаштириш ва унинг самарадорлигини ошириш бўйича ҳамкорлик масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

    Рақамлаштириш, илғор халқаро стандартларни жорий этиш, интеллектуал тизимлардан фойдаланган ҳолда божхона постларини модернизация қилиш, коррупция, контрабанда ва божхона соҳасидаги қоидабузарликларга қарши курашиш борасидаги норматив-ҳуқуқий базани такомиллаштириш, мутахассислар тайёрлаш ва бошқа йўналишларда қўшма тадбир ва лойиҳаларни амалга ошириш муҳим экани қайд этилди.

    Мамлакатимиз тез фурсатда Жаҳон савдо ташкилотига кириши билан боғлиқ масалаларда яқиндан ҳамкорлик қилиш зарур экани таъкидланди.

    Ўзбекистон ва Жаҳон божхона ташкилоти ўртасидаги амалий шерикликни кенгайтириш бўйича янги “йўл харитаси”ни қабул қилишга келишиб олинди.