Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo va Rossiya yetakchilari uchrashuvida ishtirok etdi

    Hukumat 14 Oktabr 2022 5635

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

    “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

    Davlatimiz rahbari mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.