O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    Hukumat 8 Avgust 2024 249

    Tashrif dasturi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Respublikasining "Oltin Qiron" (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Qasim-Jomart Toqayev tantanali ravishda topshirdi.

    Davlatimiz rahbari ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning ko‘p asrlik chinakam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlariga berilgan baho, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich - strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqish borasidagi mushtarak intilishlarning e’tirofi ekanini ta’kidladi.

    "Oltin Qiron" oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.