Sammit ishida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va Hamdo‘stlik Parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq MDH doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi rejalar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi shu yil Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani ilk bor o‘z zimmasiga olganini ta’kidladi.

MDHning ulkan salohiyatidan foydalanish, sa’y-harakatlarni birlashtirish, o‘zaro ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlash koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan inqirozdan tez fursatlarda chiqishning maqbul yo‘llarini topish uchun xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

– O‘zbekiston umumiy muammolarni hal qilishga yangi, nostandart va o‘zaro manfaatli yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyor, - dedi Prezidentimiz.

Mafkuraviy va axborot sohalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari ham yangi, noodatiy yondashuvlarni taqozo etayotgani qayd etildi. Ushbu mavzudagi avval qoldirilgan Xalqaro ekspertlar forumi kelgusi yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, huquqiy axborot bilan almashish uchun MDH Yagona elektron platformasini yaratish va Radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Tashkilot makonida do‘stlik va yaqin hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlarning o‘rni ortib borayotgani ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kelgusi yilda MDH Parlamentlararo assambleyasining yig‘ilishlaridan birini poytaxtimizda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

So‘ng MDHga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqib, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar uchun O‘zbekiston Respublikasiga chuqur minnatdorlik bildirdilar, bu mamlakatimizning Hamdo‘stlikka samarali raisligini ta’minlabgina qolmay, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirganini ta’kidladilar.   

Davlat rahbarlarining nuqtlarida iqtisodiyot, transport, xavfsizlik, gumanitar sohalarda aloqalarni chuqurlashtirish, MDHda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Sammit yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, pandemiya oqibatlari bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarga qaramay, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Hamdo‘stlik yangi voqelikka samarali moslashishga qodirligini namoyish etdi.

Majlisda MDHni yanada rivojlantirish konepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, BMT tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan hamda xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonotlar qabul qilindi.

Shuningdek, kelgusi yilda tashkilotga Belarus Respublikasi raislik qilishi va navbatdagi sammitni Minsk shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlariga doir qator muhim hujjatlar imzolandi.

Мафкуравий ва ахборот соҳаларида хавфсизликни таъминлаш масалалари ҳам янги, ноодатий ёндашувларни тақозо этаётгани қайд этилди. Ушбу мавзудаги аввал қолдирилган Халқаро экспертлар форуми келгуси йилда Тошкент шаҳрида ўтказилади.

Бундан ташқари, ҳуқуқий ахборот билан алмашиш учун МДҲ Ягона электрон платформасини яратиш ва Радикаллашувдан қайтариш соҳасидаги ҳамкорлик дастурини ишлаб чиқиш таклиф этилди.

Ташкилот маконида дўстлик ва яқин ҳамкорликни мустаҳкамлашда парламентларнинг ўрни ортиб бораётгани таъкидланди. Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон келгуси йилда МДҲ Парламентлараро ассамблеясининг йиғилишларидан бирини пойтахтимизда ўтказишга тайёрлигини билдирди.

Сўнг МДҲга аъзо давлатлар делегациялари раҳбарлари сўзга чиқиб, амалга оширилган кенг кўламли ишлар учун Ўзбекистон Республикасига чуқур миннатдорлик билдирдилар, бу мамлакатимизнинг Ҳамдўстликка самарали раислигини таъминлабгина қолмай, ташкилот доирасидаги кўп қиррали амалий ҳамкорликни янада кенгайтирганини таъкидладилар.   

Давлат раҳбарларининг нуқтларида иқтисодиёт, транспорт, хавфсизлик, гуманитар соҳаларда алоқаларни чуқурлаштириш, МДҲда тинчлик, барқарорлик ва изчил тараққиётни таъминлашга қаратилган муҳим ташаббуслар илгари сурилди.

Саммит якунида Президент Шавкат Мирзиёев таъкидлаганидек, пандемия оқибатлари билан боғлиқ барча қийинчиликларга қарамай, биргаликдаги саъй-ҳаракатлар билан Ҳамдўстлик янги воқеликка самарали мослашишга қодирлигини намойиш этди.

Мажлисда МДҲни янада ривожлантириш конепцияси ҳамда уни амалга ошириш бўйича асосий тадбирлар режаси, БМТ ташкил этилганининг 75 йиллиги муносабати билан ҳамда халқаро ахборот хавфсизлигини таъминлаш соҳасидаги ҳамкорлик тўғрисида қўшма баёнотлар қабул қилинди.

Шунингдек, келгуси йилда ташкилотга Беларусь Республикаси раислик қилиши ва навбатдаги саммитни Минск шаҳрида ўтказиш тўғрисидаги қарорлар ҳамда кўп томонлама ҳамкорликнинг турли йўналишларига доир қатор муҳим ҳужжатлар имзоланди.