O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiyaga jo‘nab ketdi

    Hukumat 15 Mart 2023 5150

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Anqara shahriga jo‘nab ketdi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

    Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.