Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

– Bekzot Mardonovich Mavlonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Aziz Yuldashevich Magrupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi.