O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqi

    Hujjatlar 20 Aprel 2023 4411

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Ramazon hayitining birinchi kuni 2023-yilda 21-aprelga to‘g‘ri kelishini inobatga olgan holda aholining ushbu bayramni munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

    2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

    1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

    “1. 2023-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:

    barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – dushanba, 24-aprel – dushanba, 30-iyun – juma;

    olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – seshanba, 20-mart – dushanba, 22-mart – chorshanba, 22-aprel – shanba, 24-aprel – dushanba, 1-iyul – shanba, 2-sentabr – shanba, 30-dekabr – shanba”.

    2. 3-banddan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

    3. 4-banddagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.