Suhbat chogʻida ikki mamlakatning Afgʻoniston yoʻnalishi boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, xususan, ushbu mamlakatda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlash borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

Yaponiya tomoni Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatish, butun afgʻon xalqi manfaati uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashda faol koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Xususan, Yaponiya Elchisi Afgʻonistonda temir yoʻllari va yangi elektr uzatish liniyalari qurish loyihalariga qiziqish bildirdi.