Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

    Hujjatlar 12 Yanvar 2023 5552

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini taʼminlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat koʻrsatgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

    II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

    Botirov Iqboljon Qobiljonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

    “Mardlik” ordeni bilan

    Dexqonov Otabek Valiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

    Maxbubov Rustam Mamarasulovich- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining oʻrinbosari

    Niyozov Nodirjon Abdukarimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari kater komandiri yordamchisi

    Otoshev Murodjon Jumyazovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi zveno komandiri

    Ruziyev Bekzod Shuxratovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari brigada komandiri

    Eshonqulov Shaxboz Bekmaxamatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz boshligʻi

    “Doʻstlik” ordeni bilan

    Gilyajdinov Rafael Talgatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boʻlim boshligʻi

    Davlatov Inomjon Gʻulomjon oʻgʻli - Toshkent shahridagi 22-Mehribonlik uyi direktorining tarbiyaviy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari

    Dolbilina Nataliya Gennadyevna- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi katta ofitseri

    Jaksimov Dauletmurat Bazarbayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kafedra boshligʻi

    Ortikov Akmaljon Kobulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi

    Paizbekov Timurlan Kurbanbayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

    II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

    Allayorov Dilshod Egamqulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boʻlinmasi boshligʻi

    Mirzakarimov Baxriddin Abdijalilovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug boshqarmasi tibbiy taʼminot xizmati boshligʻi

    Petrova Olga Viktorovna - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug harbiy gospitali boʻlim mudiri

    “Jasorat” medali bilan

    Abduraxmanov Farxod Faxritdinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari mutaxassisi

    Abduraxmonov Sarvar Abdunabiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari vzvod komandiri

    Gʻaybullayev Olmosbek Abduraxmonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh komandirining oʻrinbosari

    Djalilov Anvar Ximmatilloyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand viloyati boʻyicha maxsus otryadi guruh komandiri

    Jumamuratov Azim Raximovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi boʻlim safdor xodimi

    Maxmatkulov Sharifbek Umedullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi stansiya boshligʻi

    Turayev Alijon Maradovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism mutaxassisi

    Ulugʻboyev Abbos Ahmadaliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari guruh komandiri

    Xoshimov Doniyor Xolikovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari mutaxassisi

    Shodiyorov Golib Erkinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya katta texnigi – yoʻriqchisi

    “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

    Bekmuratov Uchqun Qilichovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism otryad komandiri

    Berdiyev Jobir Maxamadjonovich- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism boʻlim katta texnigi

    Boboyev Komil Jumayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Buxoro viloyati kengashi raisining oʻrinbosari

    Boltaboyev Raxmat - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra professori

    Djoyliyev Akram Ergashevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryad inspektori

    Yodgorov Abdugʻani Jalilboy oʻgʻli- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalyoni guruh komandirining oʻrinbosari

    Jumayev Zohidjon Barotovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarmasi boʻlim boshligʻi

    Jurayev Alijon Abdirazoqovich - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi guruh yoʻriqchi-qutqaruvchisi

    Idiyev Askar Abdurashidovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism otryad komandiri

    Isakov Xayot Xolmatovich - Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv otryadi guruh yoʻriqchi-qutqaruvchisi

    Ismailov Ramatjon Nuratdinovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv qismi yoʻriqchi-qutqaruvchisi

    Kenjayev Bunyod Eshboltayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandiri

    Qoraxonov Mansur Ismailovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya komandirining oʻrinbosari

    Qurbonov Elyorjon Zokirjonovich- Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

    Mamatov Doniyor Abduraximovich- Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi boʻlim boshligʻi

    Muratkabilov Rustam Baxramovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi guruh safdor xodimi

    Nurmurodov Asror Eshdavlatovich- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari harbiy qism qorovul boshligʻi

    Rasulov Ilyas Rustamkulovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari

    Raximov Murod Jumabayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kafedra katta oʻqituvchisi

    Roʻziyev Alisher Maxmud oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism otryad komandiri

    Umarova Barno Akbutayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

    Utayev Akrom Joʻraqulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi

    Xaydarov Qahramon Oʻktamovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boʻlim bosh mutaxassisi

    Xaliqov Ubaydulla Xusanovich - Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani ichki ishlar boʻlimi boʻlinma boshligʻi

    Xasanov Baxodir Maxsudjanovich- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi

    Xolmatov Oybek Xamidovich - Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi

    Hoshimov Muxriddin Oʻktam oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalyon komandiri

    Sharopov Kaxramon Xodiyevich - Toshkent shahar Chilonzor tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

    Eshqobulov Asilbek Yakubovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

    Eshonkulov Sodikjon Sobirovich- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshqarma boshligʻi

    Yarov Ilhomjon Islomovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism otryad komandirining yordamchisi

    “Shuhrat” medali bilan

    Abduqodirov Akbar Anvar oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism otryad komandiri

    Allayorov Ochildi Ibragimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi batalyon komandiri

    Axmatov Shaxbozjon Shuxratdjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boʻlim boshligʻi

    Baltayev Xudayberdi Atabayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti kafedra katta oʻqituvchisi

    Jumanov Elyor Muxammadovich - Jizzax viloyati Doʻstlik tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari

    Ibragimov Shuxrat Javliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Termiz” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha batalyoni nazoratchisi

    Madraximov Davronbek Matyaqubovich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni boʻlinma komandiri

    Olimova Irodaxon Valijon qizi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism telefon stansiyasi navbatchisi

    Sadikov Xusan Umaraliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh boshqarmasi batalyon safdor xodimi

    Sattorov Mels Nurali oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalyon komandirining birinchi oʻrinbosari

    Tilavov Erkin Burxonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi seksiya komandiri

    Tohirov Hamza Hakimovich - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiy safarbarlik boʻlimi bosh inspektori

    Toshpoʻlatov Sherali Jurabayevich - Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi guruh yoʻriqchi-qutqaruvchisi

    Turayeva Lolaxon Yuldashevna - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bosh oʻqituvchisi

    Turumbayev Dauran Aitjanovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus harbiy prokurorining oʻrinbosari

    Umbetova Aygul Farxadovna - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism tibbiyot punkti feldsheri

    Xabibullayev Asadullo Maxsud oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi radiostansiya boshligʻi

    Xolikov Ravshan Nomirodovich - Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sirdaryo tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi yongʻin-qutqaruv qismi smena boshligʻi

    Hamroyev Sunnatbek Shoyimkul oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

    Chinov Fazliddin Xusniddinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandirining yordamchisi

    Ergashev Sadriddin Joʻraboy oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

    Eshonkulov Nuriddin Kuldoshevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalyoni seksiya komandiri

    Yaxshiyev Roʻzimurod Ibodullayevich- Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi boʻlim katta tezkor vakili


    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev