O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati bayonoti

    Xalqaro hamkorlik 10 Avgust 2020 3188

    O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish yo‘lidagi so‘nggi to‘siqni olishga xizmat qilgan 400 tolib-maxbuslarni ozod qilish to‘g‘risidagi Afg‘onistonning Maslahat Loya Jirg‘asi qarorini olqishlaydi.

    O‘zbekiston tomoni Dohada Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” Harakati o‘rtasida muzokaralar jarayoni boshlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va afg‘on zaminida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lida tomonlar siyosiy iroda, konstruktiv yondashuv va murosaga tayyor ekanliklarini namoyish etishlariga umid bildiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi tinchlik jarayonini ilgari surishda har jihatdan yordam ko‘rsatishda davom etadi va afg‘on xalqiga tinch kelajak va farovon davlat qurishda har tomonlama ko‘maklashishga qat’iyan tayyor ekanligini ma’lum qiladi.