Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot berdi

    Dolzarb 6 Yanvar 2022 577

    Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi Elchixonasi va Bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi Oʻzbekiston fuqarolari, shu jumladan talabalar bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

    Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur holatlarda Oʻzbekiston fuqarolariga huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.

    Shu bilan birga, Qozogʻistonning ayrim hududlarida favqulodda holat eʼlon qilinishi munosabati bilan mazkur mamlakatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini soʻraymiz.

    Zarurat tugʻilganda, hamyurtlarimiz istalgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olma-ota (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin, deyiladi xabarda.