Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot bilan chiqdi

    Ijtimoiy hayot 2 Aprel 2022 1702

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan haydovchilardan Ukraina hududida majburiy foydalanilganiga oid maʼlumotlar tarqaldi.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili munosabat bildirdi.

    Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan ushbu vatandoshlarni harbiy harakatlar boʻlayotgan hududlardan evakuatsiya qilish masalasi muvaffaqiyatli ishlab chiqildi, ularga har tomonlama huquqiy yordam koʻrsatildi.

    Ayni paytda Oʻzbekiston fuqarolari Vatanga qaytmoqdalar.