Bugun yana Ukrainadan 250 nafar Oʻzbekiston fuqarosi olib kelindi

    Xalqaro hamkorlik 15 Mart 2022 2311

    2022-yil 15-martda Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan 43 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetgaman shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot berdi.

    28-fevraldan 11-martga qadar 26 ta aviareys tashkillashtirildi. Diplomatik vakolatxonalarimizning faol saʼy-harakatlari natijasida harbiy harakatlar boʻlayotgan hududdan 5 884 nafar yurtdoshimiz, jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoshgacha boʻlgan bolalar, 40 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek talabalar va mehnat migrantlari olib chiqildi.

    Oʻzbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning chekka hududlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya punktlariga olib kelish yuzasidan yordam koʻrsatmoqda.

    Oʻzbekistonning Polshadagi Elchixonasi tomonidan hujjati yoʻq 322 nafar fuqaromiz uchun Vatanga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi.