O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.
Marosim xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanayotgani, ikki mamlakat yetakchilarining O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qat’iy intilishining ramziy ifodasi bo‘ldi.