“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, ular quyidagilar:
- Oʻzbekiston qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan toʻgʻri nazarga tutilgan boʻlsa;
- hukumat qaroriga koʻra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
- ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;
- yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;
- respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, nomlarida bosh tashkilot toʻliq nomi koʻrsatiladigan ular alohida boʻlinmalari;
- davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.









