Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ikkita idoralararo bitimlar imzolandi

    Moliya 14 Aprel 2021 757

    Joriy yilning 14-aprelida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ikkita idoralararo bitimlarga imzo chekildi.

    Shu jumladan:

    Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi davlat roʻyxatga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati oʻrtasida Rossiya Federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga davlat kadastr baholash tizimini yaratish boʻyicha begʻaraz texnik yordam koʻrsatish yuzasidan Shartnoma;

    Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi oʻrtasida Rossiya Federatsiyasi tomonidan soliq maʼmuriyati tizimini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz texnik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida Shartnoma imzolandi.

    Imzolangan shartnomalar Rossiya Federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga soliq maʼmuriyati tizimini rivojlantirish, shu jumladan koʻchmas mulkka soliq solishni takomillashtirish hamda soliq toʻlovchilar bilan ishlash tizimini yaratish maqsadida bepul texnik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitim (2019-2020) doirasida amalga oshirilgan ishlarning davomi boʻlib xizmat qiladi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.