Prezident qaroriga ko'ra, Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
SHu paytgacha Rustam Karimjonov O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya” markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Rustam Karimjonov 2019 yil sentyabr` oyida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Babaxodjaev o'rniga tayinlandi.
Rustam Karimjonov 2009 yilda Toshkent avtomobil` yo'llari institutini (bakalavr) va 2011 yilda Koreya Respublikasidagi Xalqaro Solbrij universiteti (magistratura) ni tamomlagan.