Mehnat faoliyatini “Oʻqituvchi” nashriyotidan boshlagan. Keyinchalik Bolalar gazetasida, “Sharq yulduzi” jurnalida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi va boshqa qator masʼul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Yigirmaga yaqin sheʼriy va nasriy kitoblari chop etilgan.

2017-yildan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari jamoasi ustoz jurnalist Abdusaid Koʻchimovni tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik, ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz.