Unga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni taʼsis etildi.
Faxriy unvon biznesning yangi, yuqori daromadli yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, shuningdek, oʻz faoliyati davomida davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna boʻlayotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega, ilgʻor va tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va taʼsischilariga beriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.