Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 13,6 foizga oshdi

    2021-yilning iyun oyida tashqi savdo aylanmasi 3,4 milliard AQSH dollariga teng boʻldi.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 18,0 milliard AQSH dollariga teng boʻldi.

    2021-yilning iyun oyida tashqi savdo aylanmasi 3,4 milliard AQSH dollariga teng boʻldi. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 15,1 foizga oshgan.