“Oʻzbekiston restavratorlar uyushmasi” tashkil qilindi

    Madaniyat 29 Oktabr 2020 2193

    2020-yil 28-oktyabrda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida “Oʻzbekiston restavratorlar uyushmasi” Respublika nodavlat-notijorat jamoat tashkilotining taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi.

    Majlisni Madaniyat vaziri oʻrinbosari – Madaniy meros departamenti boshligʻi Kamola Akilova ochib berdi. Majlisda “Oʻzbekiston restavratorlar uyushmasi” Respublika nodavlat-notijorat jamoat tashkilotining ahamiyati va dolzarbligi muhokama qilindi.

    Majlisda “Oʻzbekiston restavratorlar uyushmasi” Respublika nodavlat-notijorat jamoat tashkilotining raisi, rais oʻrinbosarlari va kollegial vakillari tayinlandi.