Tomonlarning ikki mamlakat Rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlarni tizimli amalga oshirishga tayyorligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki va ko‘p tomonlama shaklda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.