Oʻzbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin

    Fan 20 Sentabr 2024 326

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonga GLONASS signalidan foydalanish imkoniyatini berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishni maʼqulladi.

    U tegishli farmoyishni imzoladi, deya xabar bermoqda “Daryo” publication.pravo.gov.ru saytiga tayanib.

    “Hukumatning Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida GLONASS global navigatsiya sunʼiy yoʻldosh tizimiga yuqori aniqlikdagi signaldan foydalanish imkoniyatini berish toʻgʻrisida bitim tuzish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin”, deyiladi farmonda.

    GLONASS — Rossiyaning sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya tizimi. Uning nomi global navigatsiya sunʼiy yoʻldosh tizimi degan maʼnoni anglatadi. 2013-yil iyul oyida Rossiyaning 15 hududida sinov tariqasida ishga tushirilgan.

    2015-yil 1-yanvarda tizim sanoat foydalanishiga topshirilgan. U joylashuvni aniqlash, navigatsiya, geodeziya, ilmiy tadqiqotlar, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.

    2018-yildan boshlab tizimning abonent terminallari Rossiyada sotilayotgan barcha avtotransport vositalariga oʻrnatilmoqda.

    MediaTek, Qualcomm, Apple, Samsung, Hisilicon kompaniyalari GPS, GLONASS va boshqa navigatsiya tizimlarining signallarini qabul qiluvchi chiplarni ishlab chiqarmoqda.