O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi uchta nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bular:
1. Yilning eng yaxshi terma jamoasi (National Team of the Year) — Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqani uchun.
2. Yilning eng yaxshi yoshlar terma jamoasi (National Youth Team of the Year) — 2022-yil Ozarboyjonda o‘tgan Butunjahon o‘smirlar shaxmat olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgani uchun.
3. Yilning eng yaxshi Rapid o‘yinchisi (Rapid Player of the Year) — Nodirbek Abdusattorov.