Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq SHHTga a'zo har qanday davlat Bayonnomaga qo'shilishi mumkin, bunda ushbu Bitim qo'shilish to'g'risidagi hujjat depozitariydan olingan kundan boshlab 30 kun ichida kuchga kiradi.

Qabul qilingan mazkur hujjat SHHTga a'zo davlatlar o'rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini ta'minlash, o'z Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo'yicha qo'shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Qonun «Xalq so'zi» gazetasida e'lon qilingan va 1.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

el`mira Sirazieva.