Joriy yilning 21 iyul` kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” muz saroyi hamda “Hilton” mehmonxonasining LED-ekranlarida targ'ibot-roligining namoyishi tashkil etildi. Namoyish mahalliy telekanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatildi.
O'zbekiston dunyo mamlakatlari qatorida koronavirus sinovidan o'tmoqda. Jahonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 14 million kishidan oshib ketdi. YUrtimizda bu ko'rsatkich 17 mingdan ziyod kishini tashkil etmoqda, shundan 9 500 ga yaqini sog'aydi. Bunda tibbiyot xodimlarining xizmati katta. Ular ayni vaqtda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashda old saflarda turib jang qilmoqda va har kuni haqiqiy qahramonlar kabi jasorat ko'rsatib, bemorlar hayotini saqlab qolmoqda.
Dunyo bo'yicha odamlar pandemiyaga bilan kurashayotgan shifokorlarga turli yo'llar bilan minnatdorlik bildirmoqda. Ko'pchilik asfal`t ustiga “rahmat” so'zini yozib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tashakkur aytmoqda. SHifokorlarga bunday minatddorlik shak-shubhasiz hurmat-ehtirom va e'tirof namunasidir.
Prezidentimiz koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ta'kidlaganidek, “Koronavirusga qarshi kurashishdagi o'ziga xos “jang maydoni”da tibbiyot xodimlari birinchi zarbani qabul qilmoqdalar. Oddiy haqiqatni tan olish adolatdan bo'ladi. Kasallarga o'z vaqtida yordam berilsa, ular shifo topadi, kasalxonalarni tark etadi. Lekin, oxirgi kasal tuzalmaguncha tibbiyot xodimlari ish joyini tark etolmaydi.
Dunyo bo'ylab, xususan, mamlakatimizda shifokorlarning o'z kasbiga sadoqati, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz sog'lig'i yo'lida tun-u kun qilayotgan mehnati barchamiz uchun jasorat namunasi bo'lmoqda”.
Qayd etish kerak, pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini qo'llab-quvvatlovchi bu kabi aktsiyalar ko'plab xorij mamlakatlarida o'tkazilmoqda. Misol uchun, Tokio-2020 yozgi Olimpia o'yinlarining tashkilotchilari olimpia bog'idagi “Komadzava” binosini ko'k rangga bo'yashdi. Mantiqqa ko'ra, bu boshqa davlatlar bilan birlashish, tushunish, qo'llab-quvvatlash ramzidir. Skytree teleminorasi ham xuddi shunday ramziy rangga burkandi. Moskvadagi Ostankino teleminorasi shifokorlarga minnatdorlik so'zlari aks etgan videolavhalar bilan bezatildi. SHuningdek, AQSHdagi empayr-steyt-bilding, BAAdagi Burj Xalifa, Kanadadagi
Si-en Tauer va boshqa osmono'par inshootlar illyuminatsiyalarga boy bo'ldi. Zamonamiz qahramonlariga Google kompaniyasi ham bir necha dudllari (bosh sahifada aks etuvchi suratlar) yordamida dalda berib turdi. Barcha shifokorlar, hamshiralar, tez yordam xizmati xodimlari uchun “rahmat” so'zi yozilgan animatsiya tayyorlandi.
L.Suvonov,
“YAngi O'zbekiston” muxbiri