Uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi haqida taqdimot qilinib, o'zaro aloqalar o'rnatish, ilmiy yo'nalishlarda maqolalar chop etish, jumladan, onkologiya, neonatologiya, bolalar pediatriyasi yo'nalishlarida hamkorlik qilish, yosh olimlar malaka oshirishi bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiyaning Gyoteborg shahridagi Qirolicha Sil`viya nomidagi Bolalar shifoxonasi bilan tanishuvi ham navbatdagi hamkorlikka eshik ochdi. SHifoxona rahbariyati bilan hamkorlik o'rnatish, o'zaro tajriba almashish bo'yicha muloqot qilindi. Uchrashuvdan so'ng seminar-trening tashkil etilib, unda bolalar onkologiyasi, bolalar neonatologiyasi bo'yicha hamkorlik o'rnatish bo'yicha muzokaralar olib borildi, deyiladi Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot xizmati xabarida.