Parij 2024 yozgi Olimpiada o'yinlarida O'zbekiston sportchilari 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o'rinni egalladi.

Sportchilar 12 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida O'zbekistonga etib keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig'iga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.