Ushbu konferensiyasiyaning kun tartibidan oʻrin olgan asosiy masala Oʻzbekiston Sport faxriylari Kengashining sobiq raisi Komiljon Xudoyberganovning vafoti munosabati bilan Kengashga yangi rais saylash masalasi koʻrib chiqildi.

Mazkur yigʻilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Respublika sport federatsiya va assotsiatsiyalari rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Sport faxriylari Kengashi raisligiga nomzodi ilgari surilgan sport sohasida ulkan tajribaga ega boʻlgan mutaxassis Baxodir Maxsitovich Maxsitov nomzodi bir ovozdan maʼqullandi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.