Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasidan maʼlum qilinishicha, terma jamoamiz yigitlari birinchi turda Gonkongni 28:24 hisobida magʻlub etishni uddaladilar, biroq ikkinchi turda bahraynlik raqiblariga 19:35 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Hal qiluvchi uchinchi turda esa Vyetnam jamoasi 30:23 hisobida magʻlub boʻldi.

Shu tariqa jamoamiz kuchli sakkizlikka kirib, navbatdagi bosqichda oʻz ishtirokini davom ettiradi. Unda yana 2 kvartet shakllanadi. Oʻz guruhlarida birinchi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritganlar yarim final bosqichiga yoʻl oladi. Qayd etish joiz, uchinchi oʻrin egalari oʻrtasidagi bahs ham katta ahamiyatga ega.

Unda gʻalaba qozongan jamoa qitʼamizning beshinchi termasi sifatida kelasi yili boʻlib oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasiga ega boʻladi.

Jamoamizning keyingi bosqichdagi raqiblari kechki bahslardan soʻng aniqlanadi.