Bugun, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Raisi Sh.Kudbiyev rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda Stol tennisi federatsiyasi masʼullari, murabbiylar hamda hududiy soliq boshqarma boshliqlari va ijrochi direktorlar ishtirok etdilar.
Dastlab kun tartibidagi bir nechta tashkiliy masala koʻrib chiqilib muhokama qilindi. Shuningdek, Soliq qoʻmitasi raisi maslahatchisi Gavharxon Muqaddasova Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.
Uchrashuvda stol tennisini yanada ommalashtirish, xalqaro nufuzli musobaqalarga va Olimpiyada oʻyinlariga yoʻllanma olish uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligiga alohida toʻxtalib oʻtildi.