Oxford Insights xalqaro tahlil markazi tomonidan eʼlon qilingan reyting natijalariga koʻra, mamlakatimiz 2023-yilda 87-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2025-yilga kelib ushbu koʻrsatkichni 25 pogʻonaga yaxshiladi.
Xususan, 2024-yilda mamlakatimiz mazkur reytingda 70-oʻrinni qayd etgan boʻlsa, 2025-yil natijalariga koʻra yana 8 pogʻonaga yuqorilab, 62-oʻringa koʻtarildi va oʻz pozitsiyasini yanada mustahkamladi.
AI Readiness Index davlatlarning sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan samarali foydalanishga tayyorlik darajasini baholaydi. Reyting davlat boshqaruvi, texnologiyalar infratuzilmasi, inson kapitali, maʼlumotlar siyosati hamda innovatsion muhit kabi muhim mezonlar asosida shakllantiriladi.








