Oʻzbekiston tajribasi Hindistonda tatbiq etiladi

    Ta'lim 21 Noyabr 2022 2937

    Hindistonlik Ritu xonim “Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga bagʻishlangan II Butunjahon konferensiyasi” kunlarida Mirobod tumanidagi 482-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    Mutaxassis Oʻzbekistonda bogʻcha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻzlash jarayonida tumandagi 482-sonli bogʻchada kichkintoylarga qoʻshimcha mashgʻulotlar sifatida kulolchilik, zardoʻzlik sir-asrorlari oʻrgatib borilishini koʻrib, nihoyatda hayratlanganini yashirmagan, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

    “Juda xushmanzara bogʻcha ekan, taʼlim ham yuqori standartlarda tashkil etilganiga guvoh boʻldim. Oʻzbekistonda koʻrganlarimni Hindistonga borganimda rahbariyatimga aytib, Oʻzbekiston tajribasini Hindistonda ham tatbiq qilishni oʻz oldimga maqsad qildim”, – degan xorijlik mehmon.