Oʻzbekiston taʼlim jarayoniga xorijiy tajribani joriy etish bagʻishlangan I xalqaro taʼlim forumi oʻtkazildi

    Mamlakatimizda 2 Mart 2021 1402

    Poytaxtimizdagi Inha universitetida Oʻzbekiston taʼlim jarayoniga xorijiy tajribani joriy etish dolzarb masalalariga bagʻishlangan I xalqaro taʼlim forumi boʻlib oʻtdi.

    Forumning maqsadi oliy oʻquv yurtlarida akkreditatsiya, litsenziyalash va kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha universitetlar oʻrtasida tajriba almashishdan iborat boʻldi. Unda 200 nafarga yaqin mehmon, mamlakatimizdagi 50 ta universitet rektorlari ishtirok etdi.

    Yalpi majlis va davra suhbatlari davomida oʻquv jarayonini yangilash, akkreditatsiyadan oʻtish, kredit-modul oʻqitish tizimiga oʻtish masalalari muhokama qilindi.

    Universitetlarning bu boradagi tajribasi, mavjud oʻqitish modellarini modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti oʻtkazildi.

    Tadbir doirasida munozaralar va suhbatlar tashkil etildi.