Institutda 17 iyul` soat 11:00 da «Bitiruvchi — 2020» onlayn tadbiri bo'lib o'tdi. Unda rektor O'ktam Umurzoqov mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.
Zoom platformasida amalga oshirilgan tadbirni bitiruvchilar qatori ularning ota-onalari ham kuzatib borishdi.
Onlayn uchrashuvda bakalavr diplomining yangi shakli QR kodli diplom berish yo'lga qo'yilgani va respublikada birinchi bo'lib QR kodli V № 00000001 raqamli diplom ushbu institut bitiruvchisiga berilgani alohida e'tirof etildi.