Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi davomida Buvayda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning “Qoraqum” MFYsida amalga oshirilgan xatlovlarda 1895-yilda tugʻilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tugʻilishi qayd etilmagani aniqlandi.
Buvayda tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining Buvayda tumani “Qoraqum” MFYda oʻtkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tugʻilganlik fakti belgilandi.
Xabarda aytilishicha, Huvaydo momo sifatida Guinness rekordlar kitobiga dunyodagi eng yoshi ulugʻ inson sifatida ham kiritilishi mumkin.









