Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan tarvuzlar 13 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43,1 ming tonnaga yaʼni qariyb 8,5 baravarga oshgan.

Oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 32,6 ming tonna 
Rossiya – 12,0 ming tonna 
Qirgʻiz R. – 3,6 ming tonna 
Belorus – 272,9 tonna
Ukraina – 202,7 tonna

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 9 oyida eng koʻp tarvuz eksport qilgan hududlar:
Qashqadaryo viloyati – 8,1 ming tonna
Jizzax viloyati – 6,2 ming tonna 
Sirdaryo viloyati – 5,7 ming tonna
Xorazm viloyati – 5,0 ming tonna
Toshkent viloyati – 4,6 ming tonna 
Andijon viloyati – 4,6 ming tonna