Uchrashuvda Oʻzbekiston Bahrayn bilan diplomatik, savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga intilayotgani taʼkidlandi.
Oliy va yuqori darajadagi muloqotlarimizni, shu jumladan Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi“ Sammiti doirasida davom ettirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.