“Argentina Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Enrike Ignasio Ferrera Viyeyra janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning mavjud salohiyatidan yanada samarali foydalanish, siyosiy muloqotni faollashtirish va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni institutsional asosda mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni ikki tomonlama munosabatlarning asosiy ustunlaridan biriga aylantirish tarafdorimiz.

Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladik”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Argentina o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993-yil 9-sentabrda o‘rnatilgan.