Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari IHT delegatsiyasini qabul qildi

    Xalqaro hamkorlik 11 Iyul 2023 1502

    2023-yil 10-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Prezident saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Kotibiyati direktori Bubakaram Adamu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    IHT delegatsiyasi mazkur siyosiy tadbirning mamlakat taraqqiyoti uchun ahamiyatini yuqori baholab, saylovchilar faolligi yuqori ekanligini alohida taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

    Uchrashuvda mamlakatimiz bilan mazkur tuzilma oʻrtasidagi taʼlim, fan va innovatsiyalar, ekologiya va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada faollashtirish boʻyicha takliflar muhokama etildi.