Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

    2024-yil 14-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    TIV rahbarlari oliy darajada boʻlib oʻtadigan tashrif oldidan tayyorgarlik masalalarini koʻrib chiqdilar. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari ikki mamlakat oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga barcha imkoniyatlarni yoʻnaltirayotgani alohida taʼkidlandi. Hamkorlikni tobora rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlash, barcha yoʻnalishlar boʻyicha muntazam almashinuvlarni taʼminlash ustuvor vazifalardan ekanligi qayd etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.